12:13 / 02.07.2023
101

Turk xayriya tashkilotlari Afg‘onistondagi muhtojlarga yordam ko‘rsatmoqda

Turk xayriya tashkilotlari Afg‘onistondagi muhtojlarga yordam ko‘rsatmoqda

Turkiyadagi nodavlat notijorat tashkilotlari Afg‘oniston shimolidagi kam ta’minlangan 15 ming oilaga qurbon go‘shti tarqatdi.

Yetti Boshoq insonparvarlik yordam jamiyati, Vahdad uyushmasi, Fotih vaqfi, Ahdga Vafo Turon xayriya uyushmasi, IHH xalqaro vaqfi, Turk uylariga yordam harakati va boshqa xayriya tashkilotlari tomonidan Afg‘oniston shimolidagi viloyatlarda istiqomat qiluvchi 15 ming muhtoj oilaga qurbonlik go‘shtlari va boshqa xayriyalar yetkazib berilgan. Mazkur ishlarni tashkil qilishda mamlakatda faoliyat yuritadigan Irfon xayriya tashkiloti yaqindan yordam bergan.

Yetti Boshoq jamiyati rasmiysi Farhod Tuncarning bergan ma’lumotiga ko‘ra, uyushma Afg‘oniston shimolidagi muhtoj oilalarga qurbonlik tarqatmoqdalar. Uning aytishicha, Afg‘onistondagi qurg‘oqchilikning ta’siri bu yil ko‘proq sezilmoqda, bu vaziyatning xalqning yashash tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.

 “Yetti Boshoq” tomonidan bu yil 1000 ga yaqin yetim bolalar va kambag‘al oilaga moliyaviy yordam va qurbonlik go‘shti tarqatdik” dedi Farhod Tunsar.


“Vahdad” uyushmasi mas’ul xodimi Usmon Demir bu yil homiylar va yordamsevar kishilar qurbonliklarini muhtoj oilalarga o‘z qo‘llari bilan topshirish sharafiga muyassar bo‘lganini ta’kidladi.

Afg‘on hamda turk xalqi o‘rtasida do‘stlik va qardoshlikdan ham yuksakroq muhabbat bor, deydi Usmon Demir.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk xayriya tashkilotlari Afg‘onistondagi muhtojlarga yordam ko‘rsatmoqda
ePN