19:29 / 05.07.2023
656

Pushilin maslahatchisi: Ukraina armiyasi hatto birinchi mudofaa chegarasini yorib o‘ta olmaydi

Pushilin maslahatchisi: Ukraina armiyasi hatto birinchi mudofaa chegarasini yorib o‘ta olmaydi

Ukraina qurolli kuchlari 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti arafasida uchinchi qarshi hujumni boshladi. Bu haqda DXR rahbari vazifasini bajaruvchisining maslahatchisi Igor Kimakovskiy “Solovev Live” efirida ma’lum qildi.

Kecha NATOning Vilnyusdagi sammiti oldidan ular (Ukraina armiyasi - tahr.) qarshi hujumning uchinchi to‘lqinini boshlab, yana Zaporoje yo‘nalishini asos qilib tanlashganini qayd etish mumkin edi. Hozirda Dneprdan deyarli Zaporoje viloyati va Donetsk xalq respublikasi tutashgan joygacha bo‘lgan hududlar yonmoqda”, — dedi maslahatchi. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Kimakovskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda: UQK “hatto birinchi mudofaa chegarasini yorib o‘ta olmaydi”.

Denis Pushilinning maslahatchisi, shuningdek, Lugansk yo‘nalishida chalg‘ituvchi zarbalar berilayotganini, Avdeyevka yaqinida esa Ukraina qo‘shinlari “o‘z holatini yaxshilash uchun kurashayotganini” ta’kidladi.

Janubiy Donetsk, Zaporoje, Artyomovsk yo‘nalishlaridagi Ukraina hujumi 4 iyunda boshlandi, UQKning asosiy e’tibori Zaporoje hududlariga qaratilgan. Kiyev NATO tomonidan tayyorlangan va G‘arb texnikasi, jumladan, “Leopard” tanklari bilan qurollangan brigadalarni jangda ishga solmoqda. Germaniyada ishlab chiqarilgan Ukraina tanklarining yonayotgan tasvirlari keyinchalik qizg‘in muzokaralarga sabab bo‘ldi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning 3 iyul kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, muvaffaqiyatsiz hujumlar oyi davomida UQK 18 ta samolyot va vertolyot hamda 920 ta zirhli texnika, shu jumladan, 16 ta “Leopard” tankini yo‘qotdi. Dushman hech qaysi yo‘nalishda o‘z maqsadiga erisha olmagan.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pushilin maslahatchisi: Ukraina armiyasi hatto birinchi mudofaa chegarasini yorib o‘ta olmaydi
ePN