06:00 / 06.07.2023
649

Afg‘oniston ichki ishlar vaziri nega “Tolibon” tan olinmayotganini tushuntirdi

Afg‘oniston ichki ishlar vaziri nega “Tolibon” tan olinmayotganini tushuntirdi

Foto: Sputnik

Afg‘oniston muvaqqat hukumati ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy “Tolibon” nima uchun tan olinmaganini tushuntirdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Vazirga ko‘ra, “Tolibon” jahon hamjamiyatining ko‘rsatmalariga amal qilishni istamagani uchun sanksiyalar ostida. Haqqoniy afg‘onlar erkinlikka o‘zi erishgani va kimningdir oldida qarzdor emasligini ta’kidladi.

Jahon hamjamiyatining “Tolibon”ga qo‘yayotgan asosiy talablari yo Doha kelishuviga, yoki “Tolibon”ning hokimiyatni qo‘lga kiritish vaqtida qulay muhit yaratish bo‘yicha bergan va’dalariga asoslanadi.

Avvalroq “Tolibon” harakati Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etmagani uchun norozilik bildirgandi. Afg‘oniston tashkilotda kuzatuvchi davlat hisoblanadi.

Afg‘onistonning bunday uchrashuvlarda (kuzatuvchi maqomiga ega) ishtirokini o‘zining ajralmas huquqi deb biladi”, — deyilgan “Tolibon” munosabatida.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston ichki ishlar vaziri nega “Tolibon” tan olinmayotganini tushuntirdi
ePN