07:30 / 06.07.2023
1 252

«Tolibon» SHHTga talab qo‘ydi

«Tolibon» SHHTga talab qo‘ydi

Afg‘oniston Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi davlat hisoblanadi, biroq toliblar iyun oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi sammitga taklif qilinmagan. Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bu borada bayonot berdi.

«Afg‘oniston Islom Amirligi mintaqa xavfsizligini ta’minlash va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida bunday uchrashuvlarning o‘tkazilishini olqishlaydi va Afg‘onistonning bunday uchrashuvlarda (kuzatuvchi maqomiga ega) ishtirokini o‘zining ajralmas huquqi deb biladi», — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni SHHTga a’zo davlatlar onlayn ko‘rinishda sammit o‘tkazgandi. Unda Eron tashkilotga rasman a’zo bo‘lib kirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» SHHTga talab qo‘ydi
ePN