Yulduzlar orasida qat’iyat va mehnat haqiqatan ham o‘nlab kilogrammni yo‘qotishga va ularning qiyofasini tubdan o‘zgartirishga yordam bergan ko’plab misollarni topish mumkin.
Adel
Bir necha yil oldin qo‘shiqchi Adel vazn yo‘qotib, tashqi ko‘rinishini butkul o‘zgartirdi. Trenerining so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda yulduzning ratsionidan fastfud va shakar chiqarib tashlangan.
-1.jpg)
Dietolog fikri:
“Ayrim mahsulotlardan voz kechish kilolardan xalos bo‘lishga kafolat bermaydi. Natijaga erishish uchun kaloriya tanqisligi kerak — oziq-ovqatdan olganingizdan ko‘prog‘ini sarflang. Buning uchun xonanda sirtfud dieta deb ataladigan parhezga amal qildi. Ko‘rib turganimizdek, vazn yo‘qotishning bu usuli juda yaxshi natija berdi. Parhezlarning asosiy xavfi shundaki, butun umr diyeta qilib bo‘lmaydi. Ortiqcha vaznga qaytmaslik uchun diyetani muvozanatlash va to‘g‘ri kaloriya tanlash kerak”.
Plastik jarroh fikri:
“Qo‘shiqchi 2019-yilda ajrashganidan keyin 40 kg vazn yo‘qotgan. Unda jiddiy plastik jarrohlik belgilari yo‘q, lekin Adel kosmetologlarning xizmatlaridan faol foydalanadi, deb taxmin qilish mumkin: parvarish qilish protseduralari, filler va botoks inyeksiyalari. O‘sha paytda xonanda 34 yoshda bo‘lgan, bu yoshda jarrohlik aralashuvisiz vazn yo‘qotish mumkin”.
Rebel Uilson
43 yoshli aktrisa Rebel Uilson 20 kiloga ozib, muxlislarilarni hayratda qoldirdi. Mashhur komediyachi bunday natijaga tezda erishmadi. U turmush tarzini tubdan o‘zgartirdi: jismoniy mashg‘ulotlarga qatnadi, sut mahsulotlari, shuningdek, shakar va glyutenni o‘z ichiga olgan mahsulotlarni iste’mol qilishdan tiyildi.
-1.jpg)
Dietolog fikri:
“Yiliga 19 kilo — salomatlikka zarar yetkazmasdan erishish mumkin bo‘lgan adekvat natija. Ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlarga ko‘ra, aktrisa o‘zini yaxshi his qilmoqda va eng muhimi, uning o‘ziga yangi turmush tarzi yoqadi. Shu bilan birga, aktrisa vazn yo‘qotishda ruhiy salomatlik uchun foydali bo‘lgan shirinliklardan o‘zini cheklamaydi”.
Pink
Pink qizi tug‘ilgandan keyin 23 kilo yo‘qotdi. Xonanda intensiv mashg‘ulotlar tufayli formaga qaytdi.
-4.jpg)
Dietolog fikri:
“Haftada 5 kun to‘liq mashg‘ulotlarga qatnashish? To‘g‘ri ovqatlanish va maxsus qo‘shimchalarsiz tana bunday yukni ko‘tara olmaydi. Pink ikkita eng yaxshi amerikalik fitnes-trenerning qattiq nazorati ostida vazn yo‘qotgan. Uning uchun yog‘larni yo‘qotuvchi va L-karnitinni o‘z ichiga olgan holda maxsus menyu ishlab chiqilgan”.
Rene Zellveger
Rene Zellveger bir necha oy ichida 15 kg yo‘qotdi. Amerikalik aktrisaning vazn yo‘qotish jarayoni diyetolog tomonidan nazorat qilindi. Yulduz uchun Atkins diyetasi — past kaloriyaga asoslangan individual ovqatlanish tizimini ishlab chiqdilar. Rene ham doimiy ravishda mashg‘ulotlarda qatnashdi.
.jpg)
Dietolog fikri:
“Tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlarga ongli ravishda yondashish uchun ham mutaxassis kerak. Mutlaqo hamma uchun mavjud bo‘lgan uyg‘unlik va yoshlikning yagona siri — ovqatlanishda muvozanatni topish, tanani tinglash va signallarga o‘z vaqtida javob berishdir”.
Merayya Kerri
54 yoshli Merayya Kerri ko‘p yillar davomida vazn yo‘qotishga harakat qildi. 2018-yilda yulduz jarrohlik amaliyoti yordamida oshqozoniga bandaj qo‘ydirdi. Shuningdek, u diyetasini tubdan o‘zgartirdi.
-1.jpg)
Dietolog fikri:
“Har qanday ko‘rinishda shakardan voz kechgan Merayya ozgina meva yeyishi mumkin. Fikrimcha, bu to‘g‘ri emas. Qayta ishlangan mahsulotlarni ratsiondan chiqarib tashlash, uni meva, rezavorlar, asal bilan almashtirish har doim ham foyda bermaydi. Qonda uglevod yetishmasligi past darajadagi glyukoza bilan bog‘liq kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Hamma narsa me’yorida foydali ekanini unutmaslik kerak”.“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!