06:30 / 10.07.2023
369

Ramzan Qodirov kasalligi haqidagi mish-mishlar fonida ta’tilga chiqdi

Ramzan Qodirov kasalligi haqidagi mish-mishlar fonida ta’tilga chiqdi

Foto: Checheniston rahbari matbuot xizmati

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov kasalligi haqida mish-mishlar fonida ta’tilga chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qodirov “yillik haq to‘lanadigan ta’tilga” chiqqan. U yo‘qligida vazifalari Checheniston hukumati rahbari Muslim Xuchiyevga yuklatiladi.

Men 2023 yil 3 iyuldan boshlab yillik to‘lanadigan ta’tilimni o‘tayapman”, — deyiladi hujjatda.

Qodirov imzolagan buyruq Checheniston rahbari va hukumati saytida paydo bo‘lgan. Avvalroq Chechenistonda amaldorning sog‘lig‘i yomonlashgani va uning buyragida jiddiy muammolar borligi haqida mish-mishlar keng tarqalayotgandi.

Shu bilan birga, “ta’til”ning tugash sanasi buyruqda ko‘rsatilmagan.

Ukraina tomonida jang qilayotgan Shayx Mansur nomidagi chechen batalonining sobiq matbuot kotibi Islom Belokiyevning aytishicha, Qodirov buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda.

Uning buyragi deyarli ishlamay qolgan va ma’lumotlarga ko‘ra, u gapirishga ham qiynaladi. Hatto dializ protsedurasi ham yordam bermaydi. Ehtimol, u tez orada vafot etadi”, — degan edi Belokiyev.

Qodirovning o‘zi 2 iyul kuni kasallik haqidagi mish-mishlarni rad etish uchun videomurojaat bilan chiqqan. Uning shishgan yuzi “sog‘lom ekani” haqidagi da’volariga zid ko‘rinsa-da, ertasi kuni Qodirov birdan “dam olish” vaqti kelgani haqida qaror chiqargan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov kasalligi haqidagi mish-mishlar fonida ta’tilga chiqdi
ePN