06:00 / 14.07.2023
232

Ukraina Belarus bilan chegarani minalashni boshladi

Ukraina Belarus bilan chegarani minalashni boshladi
Foto: Ukraina birlashgan Qurolli kuchlari

Ukraina harbiylari va chegarachilari o‘n kun ichida Belarus bilan chegaradagi 30 ta maydonda tankka qarshi minalarni o‘rnatdi. Bu haqda Ukraina birlashgan Qurolli kuchlari qo‘mondoni Sergey Nayev ma’lum qildi.

«Shimoliy qo‘shnimiz bilan davlat chegarasi bizga uzoq vaqt davomida fuqarolik ko‘rinishida kerak bo‘lmasligini tushunib turibmiz. Chunki chegaraning narigi tomonida do‘stlarimiz yo‘q. Shuning uchun vazifa qo‘yildi: chegara chizig‘ini dushman uchun o‘tib bo‘lmas holga keltirish», dedi Nayev.

«Vagner» isyoni va ushbu qurolli guruh vakillarining Belarusga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabardan so‘ng, Ukraina rahbariyati armiya qo‘mondonligiga Belarus bilan chegarani mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatma berganini e’lon qildi.

General Nayev so‘zlariga ko‘ra, iyun oyining so‘nggi o‘n kunligida chegaradagi 30 ta maydonga tankka qarshi 5,8 ming mina o‘rnatilgan. Shuningdek, besh kilometrga yaqin xandaq va olti yarim kilometr tankka qarshi o‘ra qazilgan.

Ukraina va Belarus o‘rtasidagi chegara uzunligi 1084 km. Ukraina Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan beri uni mustahkamlab, minalashtirib kelmoqda. 2022 yil 24 fevral kuni rus qo‘shinlari Ukraina-Belarus chegarasining sharqiy qismi orqali bostirib kirishdi, ammo bir oydan keyin bu hududlarini tark etishgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Belarus bilan chegarani minalashni boshladi
ePN