17:10 / 18.07.2023
242

Chexiya gruziyalik kriminal avtoritetni AQSHga ekstraditsiya qiladi

Foto: Department of Justice

Chexiya adliya vaziri Pavel Blajek respublikada qo‘lga olingan kriminal avtoritet, Gruziya fuqarosi Polad Omarovni AQSHga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda “Novinky” portali xabar bermoqda.

Omarovning Amerikaga ekstraditsiyasi yaqin kunlarda amalga oshishi kerak. Vazirda mahbusni boshqa davlatga yuborish variantlari ham bo‘lgan: AQSHdan tashqari Gruziya va Qozog‘iston ekstraditsiya uchun murojaat qilgan.

AQSHda Omarovni hibsga olish uchun ikkita sud order bergan: 2022-yil 8-dekabrda Nyu-York sharqiy okrugi sudi, 2023-yil 30-yanvarda Nyu-York janubiy okrugi sudi. U pul yuvish maqsadida til biriktirish, tovlamachilik, tahdid va o‘qotar qurol saqlashda ayblanmoqda.

Bundan tashqari, AQSHda Omarov eronlik jurnalist va huquq himoyachisi Masih Alinejadning o‘ldirilishiga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilinmoqda. U yerda kriminal avtoritet umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Omarov AQSHda sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorligini rad etdi. U Amerikada hech qachon bo‘lmaganini aytdi. Dastlab Omarov Gruziya yoki Qozog‘istonga ekstraditsiya qilinishni afzal ko‘rdi, bu ikki mamlakat ham Chexiyadan jinoyatchini topshirishni so‘ragan. Biroq keyinchalik Omarov AQSHga ekstraditsiya qilinishiga qarshi chiqmadi.

“Men shikoyat qilmayman, nima bo‘lishidan qat’i nazar, qayerga yuborsangiz ham, bo‘ysunaman”, — dedi Omarov.

U joriy yilning 4-yanvar kuni Pragada xalqaro order asosida hibsga olingan. Adliya vaziri Blajek uni qayerga yuborishni hal qilishi kerak edi. Oxir-oqibat, u Chexiya rasmiylariga ekstraditsiya uchun birinchi bo‘lib murojaat qilgan AQSHning so‘rovini qondirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiya gruziyalik kriminal avtoritetni AQSHga ekstraditsiya qiladi