00:30 / 19.07.2023
269

Rossiyada tojikistonlik va o‘zbekistonlik narkokurerlar ushlandi

Rossiyada tojikistonlik va o‘zbekistonlik narkokurerlar ushlandi

Rossiyaning Tomsk shahrida giyohvand moddalar sotuvchi guruh yetakchisi va to‘rt nafar a’zosi qo‘lga olindi. Ularning mashinasidan 1 kg geroin bo‘lgan paketlar topildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Rossiya Ichki ishlar vazirligining Tomsk viloyati bo‘yicha Narkotik moddalarni nazorat qilish boshqarmasi xodimlari Sibir federal okrugida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh faoliyatini fosh etdi. Guruh rahbari, 1976 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi giyohvand moddalarni yetkazib berish kanalini tashkil qilgan», deyiladi xabarda.

Tintuv chog‘ida uning mashinasidan ikkita bog‘lam topilgan. Ekspertiza ularning ichida umumiy og‘irligi 1 kg dan ortiq geroin borligini aniqlagan.

Shuningdek, guruhning yana to‘rt nafar a’zosi: 1984, 2003 va 2002 yillarda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasining uch nafar fuqarosi va 1982 yilda tug‘ilgan bir nafar Tojikiston fuqarosi ham qo‘lga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular maxfiy joylar yordamida giyohvand moddalar chakana savdosi bilan shug‘ullangan.

Politsiya 200 dan ortiq o‘ramda taqiqlangan moddalar, qadoqlash materiallarini musodara qildi va 10 dan ortiq «zakladka»ni topdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondorlarga nisbatan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada tojikistonlik va o‘zbekistonlik narkokurerlar ushlandi
ePN