21:57 / 20.07.2023
529

Ukraina AQSH bergan kassetali bombalardan foydalanishni boshladi

Ukraina AQSH bergan kassetali bombalardan foydalanishni boshladi

Foto: Reuters

Ukraina harbiylari AQSH tomonidan yetkazib berilgan kassetali o‘q-dorilardan foydalanishni boshladi. Bu haqda ismini oshkor qilishni istamagan ukrainalik rasmiylarga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, ukrain kuchlari “Ukraina qo‘shinlarining yozgi hujumini sekinlashtirgan ruslarning mustahkamlangan pozitsiyalarini” yo‘q qilish maqsadida Ukraina janubi-sharqida kassetali bombalardan foydalangan. Gap Ukraina kuchlariga hududlarni qaytarib olishga to‘sqinlik qilayotgan xandaqlar haqida ketmoqda.

Rossiya Qurolli kuchlari nazoratidagi Donetsk viloyatining Baxmut shahrida ham kassetali o‘q-dorilardan foydalanish rejalashtirilmoqda.

AQSH rasmiylari iyul oyi boshida Ukraina Qurolli kuchlarida yetishmayotgan oddiy o‘q-dorilar o‘rnini bosuvchi navbatdagi harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga kassetali bombalar berishini ma’lum qilgandi.

Ukraina armiyasi 13 iyul kuni AQSHdan kassetali bombalar olganini ma’lum qilgan.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilsa, rus qo‘shinlari ham ulardan foydalanishga majbur bo‘lishini aytgan.

Nima uchun kassetali o‘q-dorilar bahsga sabab bo‘lmoqda?

Bombalar katta maydonga tushgani sababli ular jangovar bo‘lmagan hududlarga ham tahdid solishi mumkin. Bundan tashqari, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q-dorilarning 10 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan qismi nobud bo‘ladi va portlamagan o‘q-dorilar tinch aholi uchun yillar va hatto o‘nlab yillar davomida xavf tug‘diradi.

Potensial halokatli kassetali o‘q-dorilar Laos va Vetnamda ishlatilganidan 50 yil o‘tib hamon portlamay qolmoqda, bu esa mazkur qurollarni keng miqyosda taqiqlashni talab qilishga undadi.

Kassetali o‘qlar to‘g‘risidagi konvensiya tufayli dunyoning aksariyat mamlakatlari ushbu qurollardan foydalanishni allaqachon taqiqlab qo‘ygan, bu esa ularni zaxiralash, ishlab chiqarish va uzatishni ham taqiqlaydi. Ushbu konvensiya ga 123 davlat qo‘shilgan, ammo yana 71 davlat (xususan, AQSH, Ukraina, Rossiya) qo‘shilmagan.

Human Rights Watch faollariga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan beri Ukrainadagi konfliktning har ikki tomoni Sovet va Rossiyada ishlab chiqarilgan turli turdagi kassetali o‘q-dorilardan foydalangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina AQSH bergan kassetali bombalardan foydalanishni boshladi
ePN