06:00 / 21.07.2023
475

Rossiyada Qodirovning tuzilmalariga tanklar va samolyotlar berilishi mumkin

Rossiyada Qodirovning tuzilmalariga tanklar va samolyotlar berilishi mumkin

Foto: lenta.ru

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning rasmiy ravishda Milliy gvardiya tarkibiga kiruvchi bo‘linmalari tank va samolyotlarni qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bu Davlat dumasi tomonidan birdaniga uch o‘qishda bir ovozdan qabul qilingan, Rossiya gvardiyasiga o‘zining og‘ir harbiy texnikasiga ega bo‘lish imkonini beruvchi qonun loyihasi tufayli mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi 19 iyul, chorshanba kuni kechqurun «Agentstvo» o‘zining Telegram-kanalida.

Shu paytgacha Checheniston rahbari armiyasi rosgvardiyachilar bilan birga faqat yengil zirhli texnikaga ega edi.

Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan hujjat hali Federatsiyalar kengashi tomonidan tasdiqlanishi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolanishi kerak. «Agentstvo» ta’kidlashicha, qonun loyihasi, aslida, Putinning sobiq qo‘riqchisi Viktor Zolotov tuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan, biroq ayni paytda Qodirov nazorati ostidagi harbiylashtirilgan kuchlarni ham kuchaytirishi mumkin.

Qodirovning asosiy kuchlari Rosgvardiya tarkibiga kiradi, ular orasida A.A.Qodirov nomidagi 141-maxsus polk, 249-alohida «Yug» maxsus bataloni, «Axmat-Grozniy» maxsus topshiriqli kuchlar otryadi, «Axmat» «SOBR»i, shuningdek, 1- va 2-sonli polklar bor. Oryx analitik loyihasi ushbu birliklarda hali og‘ir uskunalar yo‘qligini tasdiqladi. Shu bilan birga, ba’zi jihozlar, jumladan Isroilda ishlab chiqarilgan (Zibar MK2 yengil zarbali mashina) texnika faqat «qodirovchilar»da mavjud, ammo rosgvardiyachilar yo‘q.

Hozir Qodirov qo‘shinlari piyoda jangovar mashinalari, zirhli transportyorlar, zirhli jangovar mashinalar, minalardan himoyalangan mashinalar, zirhli avtomobillar, yengil hujum mashinalari, pikaplar va yuk mashinalari bilan qurollangan.

«Vagner» XHK isyonidan keyin Kreml Rosgvardiyani kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, isyon vaqtida yollanma askarlar deyarli Moskvagacha yetib bordi va poytaxtdan atigi 200 km uzoqlikda to‘xtadi. Isyon barbod bo‘lganidan uch kun o‘tib, 27 iyun kuni Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov Rossiya gvardiyasida og‘ir qurollar va tanklar bo‘lishini e’lon qildi, bu masala allaqachon Putin bilan muhokama qilingan. «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning isyonini sharhlar ekan, Zolotov «isyonchilar Moskvani baribir egallab ololmasdi», dedi.

24 iyunga o‘tar kechasi Prigojin Moskvaga «Adolat marshi»ni boshladi. Bundan oldin uning yollanma askarlari joylashgan joylar Rossiya Mudofaa vazirligi kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgani haqida bayonot berilgan. Vazirlik bu ayblovni rad etdi. 24 iyun kuni «Vagner» XHK jangchilari Rostov-Donga, shu jumladan tanklarda kirib bordi, shuningdek, Voronej va Lipetsk viloyatlari orqali poytaxt tomon harakatlandi. Oldinga yurish paytida yollanma askarlar kamida ikkita jangovar vertolyot va bitta samolyotni yo‘q qildi.

Isyon boshlanganidan bir kun o‘tmay, Prigojin o‘z kolonnalarini ortga burdi. Bu Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng amalga oshirildi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinning «Belarusga ketishi» haqida va’da berdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Qodirovning tuzilmalariga tanklar va samolyotlar berilishi mumkin
ePN