Rossiya kuchlari Odessaga Shahed dronlari va “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirdi

Rossiya kuchlari Odessaga Shahed dronlari va “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirdi
Rossiya kuchlari Odessaga Shahed dronlari va “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirdi
Raketa va dron parchalari supermarketga tushib, yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: Telegram

Ukraina Havo hujumidan mudofaa kuchlari 14-avgustga o‘tar kechasi Odessaga uchirilgan dron va raketalarning barchasini urib tushirdi, deb xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati.

Odessa viloyati harbiy boshqarmasi vakili Sergey Bratchukning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar kechasi Odessaga uch marta zarba bergan – avvaliga uchuvchisiz uchoqlar, keyin raketalar bilan. Unga ko‘ra, shahar markazi hujum nishoniga aylangan.

Hammasi bo‘lib Rossiya kuchlari 15 ta Shahed-136/131 kamikadze dronlari va sakkizta “Kalibr” qanotli raketalari bilan hujum qilgan. Dronlar Odessaga Krasnodar o‘lkasidagi Primorsko-Axtarsk shahridan, “Kalibr”lar esa Yalta viloyatida Qora dengizdagi Rossiya fregatidan otilgan.

Raketa va dron parchalari qulashi tufayli Odessaning bir qancha tumanlarida yong‘inlar sodir bo‘ldi. Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi raketa parchalari o‘quv muassasalaridan birining yotoqxonasi va “Fozzi” supermarketiga zarar yetkazganini, bir nechta uylarning oynalari singanini, yaqin atrofda turgan mashinalarga ham zarar yetganini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, supermarketning uch xodimi jarohatlangan.

Rossiya kuchlari Odessaga Shahed dronlari va “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirdi
Foto: Telegram
Rossiya kuchlari Odessaga Shahed dronlari va “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirdi
Foto: Telegram


18 iyuldan beri Rossiya qo‘shinlari Ukraina port infratuzilmasi obyektlariga, jumladan, Odessaga hujum qilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi buni Qrim ko‘prigidagi portlash uchun “qasos” deb atamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar