date
views 338

Amerikalik olimlar gen terapiyasi yordamida maymunni piyonistalikdan davolashdi

Amerikalik olimlar gen terapiyasi yordamida maymunni piyonistalikdan davolashdi

Alkogolga ruju qo‘ygan makaka zotli maymun. Foto: newizv.ru
Amerikalik olimlari alkogolga ruju qo‘yishdan xalos qiluvchi lekin boshqa vaziyatlarda xulq-atvorga ta’sir o‘tkazmaydigan gen terapiyasi ishlab chiqib, uni sinov ostidagi makaka maymunlarida muvaffaqiyatli sinashgan.

Ushbu usul Parkinson kasaliga chalingan insonlarni davolashda sinalgani singari, piyonistalikka og‘ir ruju qo‘ygan insonlarni davolashda ham qo‘l kelishi mumkin. Chunki makaka zotli maymunlar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar davolash kursidan so‘ng ularda alkogol iste’moli keskin kamayganini ko‘rsatgan.

«Alkolgolni iste’mol qilish darajasi qariyb nolga tushgan, — degan The Guardian nashriga tadqiqotga boshchilik qilgan Oregon salomatlik universitetining primatlar milliy tadqiqot markazi professori Ketlin Grant. — Bir necha oy davlmida bu hayvonlar alkogolli ichimliklar ichishdan bulkul voz kechib, oddiy suvni ma’qul ko‘ra boshlashgan».

Alkogolga ruju qo‘yish 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘rtasida o‘lim, nogironlik va slomatlikni yo‘qotish bo‘yicha eng katta risk omili hisoblanadi. Alkogolni surunkali iste’mol qilish miyada dofamin gormonining ajralishini pasaytiradi va alkogolga ruju qo‘ygan insonlar uni iste’mol qilishdan lazzatlanmay qolishadi.

«Aftidan, piyonistalar mastlik holatini saqlab turish uchungina yanada ko‘proq ichishga harakat qilishadi», — degan Grant.

«Bu terapiya alkogolli mahsulotlarni surunkali iste’mol qiladigan insonlar va primatlar miyasidagi dofamin retseptorlar ishidagi o‘zgarishlarga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan», — degan tadqiqotchilardan yana biri, professor Kristof Bankevich.

Tadqiqot uchun ikkita yosh makakalar guruhi tanlab olingan. Ular uzoq vaqt mobaynida etanolning 4 foizlik eritmasini iste’mol qilishga ko‘niktirilgan. Guruhlardan biri gen terapiyasini o‘tagan, ikkinchisiga platsebo berilgan.

Nature Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot makakalar ortiqcha dofamin ajratib chiqara boshlashgan va keyinchalik alkogol iste’molini 90 foizgacha kamaytirishgan.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, gen terapiyasi asab tizimiga kiritilganidan so‘ng makakalarda dastlabki haftalardanoq alkogolga bo‘lgan istak so‘na boshlagan. Tez orada bu usul insonlarda ham sinab ko‘rilishi mumkin.

«Biz nevroligik, ehtimol psixologik o‘zgarishlarga qarshi gen terapiyasi davriga qadam qo‘ymoqdamiz, fikrimcha, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar juda istiqbolli», — degan Grant.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik olimlar gen terapiyasi yordamida maymunni piyonistalikdan davolashdi