date
views 596

Japarov: Qirg‘iziston Kampirobodni hech kimga berib yubormadi, aksincha, oldi

Japarov: Qirg‘iziston Kampirobodni hech kimga berib yubormadi, aksincha, oldi

Foto: Kabar
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Kampirobod suv omborini O‘zbekistonga berib yuborgani haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.

«Kampirobodni berib yubordi, deb karnay-surnay chalayotganlarni johil deyish mumkin», dedi u «Kabar» axborot agentligiga bergan intervyusida.

Japarov so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston suv omborini hech kimga berib yubormagan, aksincha, olgan.

«Biz uni teng huquq asosida boshqarishga kelishdik va 50 foizini o‘zimizga oldik... Ilgari bizni unga 50 metrga ham yo‘latmasdilar, to‘g‘rimi?

Biz har bir qarorimiz va ishimiz uchun, hatto 50 yildan keyin ham, qizarmasdan javob berishga tayyormiz. Biz butkul va mutlaqo xalq manfaati uchun ishlayapmiz. Shu bois, har qanday holatda ham shov-shuv yaratishga intilayotgan ayrim saytlarning ma’lumotlariga e’tibor bermaslikni so‘rayman», dedi u.

2022 yil 18 noyabrda Jogorku Kenesh O‘zbekiston bilan davlat chegarasini belgilash to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Unga ko‘ra Qirg‘iziston O‘zbekistonga Kampirobod suv ombori yaqinidagi 4485 gektar yerni berdi.

Bu Qirg‘izistonda siyosiy janjal keltirib chiqardi. Xususan, kelishuvga aloqador hudud aholisi, shuningdek, ayrim siyosatchilar va fuqarolik faollari bu kelishuvga qarshi chiqdilar va Kampirobodni himoya qilish qo‘mitasini tuzdilar. Keyinchalik ular hibsga olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Japarov: Qirg‘iziston Kampirobodni hech kimga berib yubormadi, aksincha, oldi