date
views 211

Shavkat Mirziyoyev Vengriyada yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qildi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurib, uning doirasida qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan fikr almashdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati amiri Tamim bin Hamad al-Soniy, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan suhbatlashdi. Ikki tomonlama amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, yetakchilar jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha final bahsini tomosha qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Yengil atletika bo‘yicha XIX jahon chempionati Budapesht shahrining Yengil atletika milliy markazida 2023-yil 19-avgust kuni boshlangan bo‘lib, 27-avgustgacha davom etadi. Chempionatda O‘zbekistondan 5 nafar atlet sportning balandlikka sakrash, uch xatlab sakrash, uzunlikka sakrash, yettikurash va marafon kabi turlarida kuch sinashmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti, shuningdek, Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlat rahbari rafiqasi bilan Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban taklifiga binoan 19 avgust kuni rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Budapesht shahriga borgan Shavkat Mirziyoyev Viktor Orban va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda OTP banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Vengriyada yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qildi (foto)