Ukrainada davom etayotgan urushning 543-kuni o‘tdi. Quyida bugungi kundagi Rossiya-Ukraina urushining asosiy ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin:
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Skridstrup aviabazasiga tashrif chog‘ida Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumani vaqtida shunday dedi: «NATOga a’zo bo‘lish uchun biz Belgoroddan voz kechishga tayyormiz».
- Niderlandiya Amerika tomonidan ishlab chiqarilgan F-16 rusumli 42 dona qiruvchi samolyotini Ukrainaga berishga tayyor. Daniya ham Kiyevga 19 dona F-16 va’da qildi.
- Kurskdagi temiryo‘l vokzaliga dron hujum qildi. Besh kishi yaralangan.
- Navalniyning tarafdorlari «Putin — qotil» nomli aksiyalarga chiqishdi. Rossiyada besh kishi qo‘lga olindi.
- Moskva meri Sergey Sobyanin Moskvaga dron orqali hujum qilishga urinish haqida xabar berdi. Vnukovo va Domodedovo aeroportlari ma’lum vaqt davomida reyslarni qabul qila olmadi.
- Belgorod ustida uchta dron urib tushirilgan. Rostov oblasti hududida ham uchta dron qulagan, shundan ikkitasi — harbiy qism hududiga.
- «DXR» rasmiylari Donetskdagi ko‘chalardan birini bir yil muqaddam o‘ldirilgan Darya Dugina sharafiga nomlashdi.
Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari

Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Zelenskiy F-16 bortida

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Novgorod yaqinidagi aviabazada Tu-22M3 rusumli bombardimonchi samolyot portlashi
19 avgust kuni Novgorod oblastidagi harbiy aerodromga dron hujum qildi, buni Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati tasdiqladi. Vazirlik bir bort shikastlangani, hech kim jabrlanmagani haqida ma’lum qilgan. 20 avgust kuni «Sirena» nashri o‘z o‘quvchilaridan biri yuborgan tasvirni e’lon qildi, unda Rossiyaning Tu-22M3 rusumli strategik yadroviy bombardimonchi samolyoti yonib ketgani aks etgan. Bunday samolyot Velikiy Novgorod yaqinidagi «Solsi» aerodromiga joylashtirilgandi. The Moscow Times xabariga ko‘ra, ukrainlar ilk bor Rossiya strategik yadroviy bombardimonchi samolyotini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. «Solsi» aerodromi Ukraina chegarasidan 700 kilometr masofada joylashgan.

Kiyevdagi hayot

Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press