date
views 565

Rossiyada o‘zbekistonliklarni qul qilib ishlatganlar ushlandi

Rossiyada o‘zbekistonliklarni qul qilib ishlatganlar ushlandi

Foto: Shutterstock

Rossiyaning Stavropol o‘lkasida politsiya o‘zbekistonliklarni dehqonchilik qilishga majburlagan ikki kishini qo‘lga oldi.

Qayd qilinishicha, Shpakovskiy tumanidagi «Aviator» qishlog‘ida yashovchi pensioner ikki tanishi bilan birga Rossiyada noqonuniy yashab kelgan o‘zbekistonlik 31 yoshli erkak va 27 yoshli ayolni noma’lum shaxslardan 20 ming rublga sotib olgan.

Nafaqadagi erkak va uning sheriklari o‘zbekistonliklarni 6 oy davomida dehqonchilik qilishga majburlagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish faktini aniqlab, ikki kishini hibsga olgan. Uchinchi sherik iyul oyi oxirida vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

Pensionerga nisbatan «Odamni o‘g‘irlash bilan bog‘liq bo‘lmagan qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish» va «Noqonuniy migratsiyani tashkil etish» moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan – hozir u tergov izolyatorida. Ish bo‘yicha ikkinchi gumonlanuvchi uy qamog‘ida. Politsiya odam savdogarlarini qidirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonliklarni qul qilib ishlatganlar ushlandi