Foto: Videodan kadr
Anneksiya qilingan Qrimdagi Olenevka qishlog‘i yaqinida portlash sodir bo‘ldi, natijada Rossiyaning S-400 “Triumf” zenit-raketa tizimi yo‘q qilindi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Razvedkaning ta’kidlashicha, portlash natijasida zenit-raketa tizimi shaxsiy tarkibi halok bo‘lgan, barcha raketalar yo‘q qilingan. Bu ruslarga qarshi “havo hujumidan mudofaa tizimiga og‘riqli zarbasi” bo‘lib, “bosib olingan Qrimdagi keyingi voqealarga” ta’sir qilishi ta’kidlanmoqda.
23 avgust kuni ertalab Olenevka hududida sodir bo‘lgan portlash oqibatlari aks etgan suratlar e’lon qilindi. Tasdiqlanmagan kadrlarda qalin tutun osmonga ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin.
Qrimda Rossiyaning S-400 “Triumf” havo mudofaa tizimi yo‘q qilindi pic.twitter.com/CraqRsDR2f
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) August 23, 2023
Rossiyaning harbiyparast “Ribar” telegram kanali Ukraina Qurolli kuchlari bir necha hafta davomida faol ravishda kuzatayotgan Tarxankutga hujum qilgani haqida xabar berdi.
Anneksiya qilingan Qrim rasmiylari, shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi portlash va uning oqibatlari haqida ma’lumot bermagan.
So‘nggi haftalarda Qrimda harbiy inshootlar va infratuzilma obyektlariga hujumlar soni ortgan. Eng yiriklaridan biri iyul oyida Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining Qrim ko‘prigiga zarbasi bo‘ldi. Ukraina armiyasini Qrimdagi faqat ayrim hujumlarda ishtirok etganini rasman tasdiqlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!