date
views 493

BRICS tarkibiga yana 6 ta davlat qo‘shiladi

BRICS tarkibiga yana 6 ta davlat qo‘shiladi
Foto: Ricardo Stuckert/PR

BRICS mamlakatlari yetakchilari Argentina, Misr, Eron, Efiopiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonini tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun taklif qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Yohannesburgdagi BRICS sammitida aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, 2024 yildan boshlab BRICS tarkibiga 6 ta yangi davlat kiradi. Biroq, tashkilotning kengayishi bu bilan cheklanib qolmaydi.

BRICS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika so‘zlarining inglizcha qisqartmasi) davlatlararo assotsiatsiya bo‘lib, besh mamlakat: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani o‘z ichiga olgan.

Tashkilot 2006 yil iyun oyida Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Hozirgi bosqichda BRICS mamlakatlari dunyo aholisining 40 foizini, jahon iqtisodiyotining 25 foizini qamrab oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BRICS tarkibiga yana 6 ta davlat qo‘shiladi