Pokiston chegarachilari va “Tolibon” jangchilari to‘qnashdi (video)

Pokiston chegarachilari va “Tolibon” jangchilari to‘qnashdi (video)

Foto: APA

Tolibon” jangchilari va Pokiston chegarachilari o‘rtasida “Torxam” chegara o‘tkazish punktida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Aholining so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” kuchlari Torxamda nazorat-o‘tkazish punktlarini o‘rnatmoqchi bo‘lganida Pokiston harbiylari qarshilik qilgan. Oqibatda tomonlar to‘qnashgan. Guvohlar hududda o‘q ovozlarini eshitgan.

“Tolibon” Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Torxamdagi chegarada yuz bergan to‘qnashuvni tasdiqlagan. U mojaro Pokiston kuchlari o‘qqa tutganidan keyin boshlanganini  aytmoqda. Rasman Pokiston hozircha bu haqda hech qanday ma’lumot bermagan. 

Ta’kidlanishicha, “Tolibon”ning ikki jangchisi halok bo‘lgan va bir nafar pokistonlik askar yaralangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar