Foto: Videodan kadr
Qirg‘iziston prezidenti yordamchisidan 300 ming dollar noqonuniy undirildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish agentligining sobiq direktori Doniyor Akmatov tegishli miqdordagi pulni undirgan. U Japarovning yordamchisiga qo‘lida bo‘lgan provokatsion materiallarni ommaviy axborot vositalarida tarqatish bilan tahdid qilib, 12 ta bitkoin talab qilgan.
“6 sentyabr kuni Akmatov o‘zi talab qilgan summaning bir qismini olgach, jinoyat ustida ushlangan. U Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolatorining vaqtinchalik saqlash izolatoriga joylashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar