date
views 726

Niderlandiyalik deputat: Rossiya AQSH va NATO bilan mojaroda g‘alaba qozonib bo‘ldi

Niderlandiyalik deputat: Rossiya AQSH va NATO bilan mojaroda g‘alaba qozonib bo‘ldi

Rossiya AQSH va NATO bilan mojaroda amalda g‘alaba qozonib bo‘ldi. Bu fikrni Niderlandiyaning “Demokratiya uchun forum” (FVD) partiyasi deputati Marsel de Graaf bildirdi.

Rossiya AQSH/NATO bilan mojaroda amalda katta g‘olibdir: dedollarizatsiya, G‘arbdan tashqari, har yerda Rossiya ta’siri kengayishi, o‘sib borayotgan iqtisodiyot, G‘arb sanksiyalariga bardoshlilik”, - deya yozdi de Graaf o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqini mag‘lub bo‘ldi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot inqirozi, sanoatsizlanish, AQSH qo‘g‘irchog‘iga aylanish, o‘zi uchun halokatli sanksiyalar bundan darak beradi.

Hindistondagi “Katta yigirmatalik” sammiti yakunlari shuni anglatadi: G‘arb dunyoning qolgan qismini bo‘ysundirish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi”, - deydi deputat. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiyalik deputat: Rossiya AQSH va NATO bilan mojaroda g‘alaba qozonib bo‘ldi