Turkiyada davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinishdan so‘ng 336 kishi hibsga olingan

Turkiya hokimiyatini harbiy davlat to‘ntarishi vositasida egallashga muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, 336 kishi qamoqqa olingan. Bu haqda Turkiyaning "NTV telekanali" xabariga asoslanib "Kun" nashri ma’lum qilmoqda.
Bunga qadar, Turkiya bosh vaziri binali Yildirim to‘ntarishga aloqador 130 nafar harbiyning hibsga olingani va generalning o‘ldirilganini e’lon qilgandi.
Avvalroq, Istanbuldagi Bosfor ko‘prigini egallab olgan o‘nlab askarlar qo‘llarini ko‘targan holda, taslim bo‘layotgani xabar qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing