date
views 787

Ukraina razvedkasi: Ramzan Qodirovning ahvoli chindan ham og‘ir

Ukraina razvedkasi: Ramzan Qodirovning ahvoli chindan ham og‘ir

Foto: “TASS”

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov haqiqatdan ham og‘ir ahvolda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi vakili Andrey Yusov Qodirov hozir komada ekani haqidagi ma’lumotlarga izoh berib, gapirdi.

“Haqiqatan ham, Qodirovning ahvoli og‘ir ekani va bu holatga undagi kasalliklar kuchayishi sabab bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor”, — deb yozgan Yusov Telegram’da.

Avvalroq rossiyalik muxolifatchi va Davlat dumasi sobiq deputati Gennadiy Gudkov Chechenistondagi yuqori martabali manbalarga tayanib, Qodirovning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar borligini aytgandi. Unga ko‘ra, Checheniston rahbariga buyrak ko‘chirish amaliyoti muvaffaqiyatsiz o‘tgan.

Qodirovning sog‘lig‘i haqida tarqalayotgan xabarlar

Qodirovning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani haqidagi mish-mishlar 2023 yilning bahorida paydo bo‘lgandi. Bunga Checheniston rahbarining o‘zgargan qiyofasi sabab bo‘lgan. Jumladan, u juda ko‘p vazn olgan, yuzlari shishgan va nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shundan so‘ng buyrak bilan bog‘liq muammolar haqidagi versiyalar paydo bo‘lgan. Muammolar zaharlanish natijasida yuzaga kelgani haqida mish-mishlar tarqalgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Checheniston rahbari ko‘p vaqtini xorijda o‘tkazib, respublikani boshqarishdan uzoqlashmoqda. O‘z navbatida, Ramzan Qodirov bedavo dardga chalingani haqidagi mish-mishlarni rad etib keladi.

U avvalgidek sport bilan shug‘ullanishi, tog‘larga chiqishi, Chechenistonni rivojlantirishdagi muhim masalalarni muhokama qilish bilan shug‘ullanayotganini ta’kidlagandi. Bundan tashqari, u qo‘lida tibbiy asbob emas, balki elektron tasbeh borligini tushuntirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina razvedkasi: Ramzan Qodirovning ahvoli chindan ham og‘ir