Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Rossiyaning tovushdan tez uchuvchi Tu-160 strategik bombardimonchi samolyotlari yangi X-BD qanotli raketalari bilan jihozlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Primorsk o‘lkasidagi Knevichi aerodromiga tashrifidan keyingi videolavhasida aytiladi.
«U 6500 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan X-BD raketasi bilan jihozlangan», dedi Rossiya Aerokosmik kuchlari uzoq masofali aviatsiya qo‘mondoni general-leytenant Sergey Kobilash. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotning yuk ko‘tarish quvvati 100 tonnani tashkil qiladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu tushuntirganidek, Tu-160 samolyoti har biri oltita raketadan iborat ikkita kasseta bilan jihozlangan.
Vladivostok shahriga tashrifi chog‘ida Kim Chen Inga «Kinjal» va «Kalibr» raketa tizimlari, shuningdek, «Marshal Shaposhnikov» fregati ham ko‘rsatildi.
X-BD qanotli raketasi ishlab chiqilishi haqidagi birinchi xabarlar 2017 yilda paydo bo‘lgan. Raketalarning Rossiya armiyasiga qabul qilingani haqida rasman e’lon qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!