date

Erevanda "qurolli isyonga urinish" haqida e’lon qilindi

Erevanda "qurolli isyonga urinish" haqida e’lon qilindi

Armaniston poytaxti Erevan yaqinidagi Erebuni tumanida polisiya polki binosini egallab olgan qurolli guruh mamlakatdagi vaziyatni o‘zgartirish da’vosi bilan chiqdi, deb xabar beradi “Kun”.

Guruh "qurolli isyon" boshlanganini e’lon qilgan va Armaniston hukumatida iste’foga chiqishni talab etmoqda.

Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, hujum qiluvchilar bino ichidagi odamlarni garovga olgan. Hujum vaqtida 1 kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan.

Ayni vaqtda hududga harbiylar yuborilgan. Isyonchilar vakillari bilan muzokara boshlangan.

Dastlabki xabarlarda guruh vakillari Qorabog‘ mojarosi ishtirokchisi, «Yangi Armaniston» jamoat qutqaruv jabhasi, radikal muxolif siyosatchi Jirayr
Sefilyanni hibsdan ozod etishni talab qilayotgani aytilgandi.

Hududga olib boruvchi yo‘llar yopilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Erevanda "qurolli isyonga urinish" haqida e’lon qilindi