date
views 285

Ozarboyjon Qorabog‘dagi aksilterror tadbirlari chog‘ida halok bo‘lganlar sonini e’lon qildi

Ozarboyjon Qorabog‘dagi aksilterror tadbirlari chog‘ida halok bo‘lganlar sonini e’lon qildi

Foto: Anadolu Agency

Ozarboyjonning Qorabog‘ mintaqasida mahalliy aksilterror tadbirlari davomida mamlakat Qurolli kuchlarining 192 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Ozarboyjon Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 180 nafari Mudofaa vazirligi, 12 nafari esa Ichki ishlar vazirligi harbiy xizmatchilaridir.

Shuningdek, bir fuqaro halok bo‘lgani xabar qilingan.

11 kishining shaxsi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan sud-genetik ekspertizadan so‘ng aniqlanadi.

Mahalliy aksilterror choralari natijasida 511 nafar harbiy xizmatchi va 1 nafar fuqaro jarohatlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarboyjon Qorabog‘dagi aksilterror tadbirlari chog‘ida halok bo‘lganlar sonini e’lon qildi