date
views 342

Qirg‘izistonda davlat bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi

Qirg‘izistonda davlat bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi

Foto: Sputnik

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputatlari davlat bayrog‘idagi quyosh nurlari shaklini o‘zgartirishni taklif qilmoqda, deyiladi parlament saytidagi xabarda.

Parlament spiker Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov tegishli tashabbus bilan chiqqan.

Deputatlar Qirg‘iziston bayrog‘i markazidagi quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lganidan kungaboqar guliga o‘xshab qolganini aytgan. Ular quyosh nurlarini tekis, to‘g‘ri qilib tasvirlashni taklif qilgan.

Qirg‘iziston bayrog‘idagi quyosh nurlarining yangi eskizini ishlab chiqish uchun dastlabki bosqichda ushbu bayroq mualliflari jalb qilingan, ular matematik hisob-kitoblar, chizmalar va tegishli ishlarni amalga oshiryapti.

Qirg‘iziston bayrog‘ining yangi ko‘rinishi uchun taklif qilingan variant
Foto: Jogorku Kenesh
Amaldagi Qirg‘iziston bayrog‘i mamlakat Jogorku Keneshining 1992 yil 3 martdagi qarori bilan tasdiqlangan. Unga muvofiq, bayroq rangi qizil bo‘lib, markazida tasvirlangan quyosh nurlari bilan o‘ralgan o‘tovning tuynugi milliy ramz ekani belgilab qo‘yilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda davlat bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi