Olma-otalik jinoyatchining politsiya mahkamasiga hujum qilgani sababi ma’lum bo‘ldi


Kecha, 18 iyul kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida otishma uyushtirgan jinoyatchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan qasd olmoqchi bo‘lgan aytilmoqda. Bunga uning o‘g‘irlik va qurol saqlagani uchun ozodlikdan mahrum etilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Kalmuhanbet Qosimov ma’lum qildi, deya “Qalampir.uz” yozmoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 1990 yilda tug‘ilgan Ruslan Kulikboyev muqaddam ikki marta sudlangan. U 5 yil 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Aynan shu uchun jinoyatchi politsiyachilardan qasos olishga ahd qilgan.
K.Qosimov ikki marotaba sudlangan terrorchi hujum qilishidan oldingi kechada bir ayolni o‘ldirganidan so‘ng qamalishini bilib, politsiya mahkamasiga hujum uyushtirgani haqida ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 18 iyul kuni Olma-otada bo‘lgan otishmalar oqibatida uch politsiya xodimi va tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Umumiy jarohatlanganlar soni 14 kishiga yetgan.































Izohlar 0
…