date
views 455

Germaniyada O‘zbekistondan ishchilar jalb qilinishi mumkin bo‘lgan sohalar aytildi

Germaniyada O‘zbekistondan ishchilar jalb qilinishi mumkin bo‘lgan sohalar aytildi

Foto: Dunyo

Germaniyaning Stimme nashri sahifasida "O‘zbekiston: birinchi aloqalar o‘rnatildi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Unda mehnat migratsiyasi sohasidagi O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi tafsilotlari qalamga olingan. Maqolada, xususan, O‘zbekiston Mehnat va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi delegatsiyasining Baden-Vyurtemberg va Xaylbronn-Gogenloe mintaqasiga o‘zbekistonlik malakali ishchilarning Germaniyadagi kadrlar yetishmovchiligini qay tariqa hal qila olishini o‘rganish maqsadidagi amaliy safari haqida so‘z yuritilgan.

Nashrning yozishicha, mamlakat ishchilari jalb qilinishi mumkin bo‘lgan sohalar tibbiy yordam hamda parvarishlash, qishloq xo‘jaligi va uzumchilik, ekoturizm va boshqalardan iborat.

Maqolada ishchilarga til o‘rgatish masalasi ham e’tibordan chetda qolmagan.

Stimme nashri xabar berishicha, 2024 yil mart oyida O‘zbekiston poytaxti - Toshkent shahrida Xaylbronn-Gogenloe mintaqasi kompaniyalari uchun o‘quv yarmarkasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Noyabr oyida esa O‘zbekistonda har biri 25 ishtirokchidan iborat ikkita til kursi boshlanishi rejalashtirilgan", deb yozadi manba.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada O‘zbekistondan ishchilar jalb qilinishi mumkin bo‘lgan sohalar aytildi