date
views 211

HAMAS jangovar harakatlar tugaguncha garovga olinganlar bo‘yicha muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi

HAMAS jangovar harakatlar tugaguncha garovga olinganlar bo‘yicha muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi

Foto: Reuters

HAMAS jangovar harakatlar tugamaguncha garovga olinganlar bo‘yicha muzokaralar olib bormaydi. Bu haqda harakat yetakchilaridan biri Ismoil Xoniya xabar berdi.

Bizning qamoqxonalarimizda saqlanayotgan isroillik mahbuslarning ishi janglar tugaguniga qadar ochilmasligini barcha tomonlarga ma’lum qildik”, — deb yozdi HAMAS o‘zining Telegram kanalida.

Kecha, 9 oktyabr kuni HAMAS vakili Muso Abu Marzuk falastinliklar kamida 130 kishini garovga olgani haqida xabar bergandi. Ular orasida ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar, jumladan, Rossiya fuqarolari ham bor. Rossiya tomoni bu haqdagi ma’lumotni tasdiqlamayapti.

8 oktyabr kuni Falastin harakatining harbiy qanoti vakili Abu Ubayda Isroil tomonidan G‘azo sektoriga ogohlantirishsiz berilgan har bir zarba yoki bombardimon qilingan har bir bino uchun bittadan garovga olinganni qatl qilishini aytgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS jangovar harakatlar tugaguncha garovga olinganlar bo‘yicha muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi