10:44 / 13.10.2023
178

Islom hamkorlik tashkiloti Isroilning Falastinga hujumlarini qoraladi

Islom hamkorlik tashkiloti Isroilning Falastinga hujumlarini qoraladi

Foto: AP

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Isroilning Falastin xalqiga qarshi davom etayotgan hujumlarini qoralab, xalqaro hamjamiyatni bu hujumlarni zudlik bilan to‘xtatish uchun aralashishga chaqirdi.

IHT internet sahifasida e’lon qilingan yozma bayonotda, Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlari natijasida tinch aholi, jumladan, bolalar va ayollar halok bo‘lgani, turar joy binolari, infratuzilma, shifoxonalar, maktablar, diniy markazlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) obyektlari vayron bo‘lganiga urg‘u berildi.

Isroilning G‘azoga qilgan hujumlarini qoralagan bayonotda, shafqatsiz hujumlar xalqaro insonparvarlik qonunlarini ochiqdan ochiq buzish va urush jinoyati ekanligi qayd etildi.

Bayonotda «Isroil davom etayotgan hujumlarning salbiy oqibatlari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi», deb ta’kidlanadi va xalqaro hamjamiyat Isroil hujumlarini zudlik bilan to‘xtatish, G‘azo sektoridagi Falastin aholisi uchun zarur oziq-ovqat va materiallar, dori-darmon yetkazib berishni osonlashtirish uchun humanitar yo‘laklarni ochishga zudlik bilan aralashishga chaqiriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islom hamkorlik tashkiloti Isroilning Falastinga hujumlarini qoraladi
ePN