Isroilga hujumni rejalashtirish uchun HAMAS ikki yil davomida simli telefonlardan foydalangan
Foto: Getty Images
7 oktyabr kuni Isroilga hujum uyushtirishdan avval HAMAS jangchilarining kichik guruhi so‘nggiikki yil davomidaG‘azo sektori ostidagi tunnellarda qurilganstatsionar telefonlartarmog‘i orqali aloqa almashgan. Bu haqda CNN telekanali Amerika razvedkasi ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan ikki manbaga tayanibxabar berdi.
Telekanal suhbatdoshlarining qayd etishicha, tunnellardagi telefon liniyalari HAMASgaIsroil razvedkasiga sezdirmaymuloqot qilish imkonini bergan.
Amerika razvedka xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu guruh ikki yil davomida o‘zini sezdirmagan, faqat 7 oktyabr kuni Isroilga hujumdan oldin faollashgan. Guruh bu vaqt davomidakompyuter va mobil telefonlardan foydalanmagan.
CNN suhbatdoshlaridan birining aytishicha, HAMASning quruqlikdagi qo‘mondonlari va guruh jangchilari bir necha oy davomida mashg‘ulotlar o‘tkazib, tayyor holatda bo‘lishiga qaramay, aniq rejalar haqidahujumdan bir necha kun oldinxabar topishshgan. HAMASning ayrim tayyorgarliklari ko‘zga tashlangan, ammo ularga yetarlicha e’tibor berilmagan. Manbaga ko‘ra, razvedka xizmatlari“HAMAS har doim odamlarni shunday tayyorlaydi, bu g‘ayrioddiy ko‘rinmaydi”deb o‘ylashgan.
Isroil rasmiysining telekanalga aytishicha, 2023-yilning yozida isroillik harbiylar G‘arbiy Sohil shimolidagi Jenin shahrida operatsiya o‘tkazayotganda ko‘rinishidanaloqa tizimiga o‘xshash qurilmanianiqlagan. Ular xavfsiz aloqa liniyasini va Isroil qo‘shinlari harakati haqida oldindan ogohlantiruvchivideokuzatuv kameralarinitopgan. O‘shanda Isroil armiyasi buni “terrorchilar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish va muzokaralar markazi” deb atagan.
Avvalroq The New York Times gazetasining Isroil razvedka xizmatlaridagi suhbatdoshlari harbiylar va razvedkabir qator xatolarga yo‘l qo‘ygani, shu sababli ular HAMAS hujumini qaytara olmaganini aytishgandi. Jumladan, razvedka xodimlari HAMASning asosiy aloqa kanallarini kuzata olmagan, shuningdek, guruh qo‘mondonlarininghech qanday hujumni rejalashtirmayotgani haqidagi bayonotlariga ishongan. Nashr manbalariga ko‘ra, Isroil razvedka xizmatlari tomonidan tinglangan suhbatlarda HAMAS qo‘mondonlari qurolli to‘qnashuvdan qanday qochishni istashi haqida gapirgan. Endi Isroil razvedkasi bu suhbatlar dezinformatsiyaning maxsus qismi bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlashga urinmoqda.