08:24 / 30.10.2023
201

O‘zbekiston harbiylari NATO standartlariga asoslanib o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘lishdi

O‘zbekiston harbiylari NATO standartlariga asoslanib o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘lishdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Janubiy Koreya Respublikasida ilk bor o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, mazkur musobaqa davomida jangovar harakatlar reallikka yaqin bo‘lishi uchun shahar va tog‘ hududlarida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda tomonlar qarama-qarshi kuch sifatida jang olib bordi. Unda asosan, dunyoning yetakchi davlatlaridan saralangan jamoalar ishtirok etdi.

NATO standartlariga asoslangan ushbu musobaqaning 12 ta “jangi”da o‘zbekistonlik harbiylar 10 ta g‘alaba bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa AQSH hamda Koreya Respublikasi jamoalariga nasib etdi — to‘rttadan g‘alaba.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi puxta va samarali tashkillashtirilgan tayyorgarlik natijasida musobaqa mobaynida jasurlik, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, yuksak darajadagi kasbiy va ruhiy tayyorgarlik, shuningdek, shaxsiy tarkibning jipsligini namoyon etdi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu harbiylar 28 oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo