22:22 / 10.11.2023
969

Mafiya boshlig‘i Messi uning himoyasida ekanini aytdi

Mafiya boshlig‘i Messi uning himoyasida ekanini aytdi

Kosovo va Albaniya mafiyasi boshlig‘i bir necha futbolchilarning uyini o‘marilishida aynan uning qo‘li borligini tan oldi.

- Yoxan Kruiffning “Barselona”dagi uyini men tunaganman. U yerdan soatlar, xususan, Dennis Bergkamga tegishlisini ham, Hermes kompaniyasi buyumlari va 20 ming yevroni olib ketganman. Uyda kuzatuv kameralari ham, signalizatsiya ham yo‘q edi. Uyga kirishim bilan u kimga tegishli ekanini darrov anglaganman.

Biz Krishtianu Ronalduning Madeyradagi uyiga tushganmiz, lekin o‘ljamiz arzimagan bo‘lib chiqdi.

Lekin men bir necha marta Lionel Messini villasini ko‘zlagan o‘g‘rilarni to‘xtatib qolganman. Men bu ishni Messiga bo‘lgan hurmatim yuzasidan qildim. Men uni yaxshi ko‘raman, - dedi mafiya boshlig‘i.

Kosovo va Albaniya mafiyasi 20 yildan beri qimmatbaho xonadonlarni o‘marish bilan shug‘ullanib keladi. Bu guruh a’zolarining soni yuzdan ziyod ekani aniqlangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo