00:20 / 19.11.2023
253

«Oltin to‘p» sohibi Liberiyada prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘ldi

«Oltin to‘p» sohibi Liberiyada prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘ldi
Foto: AFR

1995 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Jorj Vea Liberiya prezidenti saylovida yutqazdi. Franse24 xabariga ko‘ra, Vea raqibi Jozef Bokaydan 28 ming kam ovoz to‘pladi. Shundan so‘ng, saylovda mag‘lubiyatga uchraganini tan olib, bayonot bilan chiqdi.

«Liberiya xalqi o‘z tanlovini amalga oshirdi. Biroq, ovoz berish natijalarining bir-biriga juda yaqinligi mamlakatimiz ichida chuqur bo‘linish borligidan dalolat beradi. Keling, kelishmovchiliklarimizni yengib, bir xalq, bir millat sifatida birlashaylik», dedi Vea.

Futboldagi professional faoliyati davomida Vea «Monako», «Pari Sen-Jermen», «Milan» va boshqa jamoalarda o‘ynagan. U dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona afrikalikdir.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, Vea insonparvarlik va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullandi. 2005 yilda Liberiya prezidentligiga nomzodini qo‘ydi. Ammo ikkinchi turda Afrika tarixidagi birinchi ayol prezident bo‘lgan 67 yoshli Helen Jonson Serlifga yutqazdi.

2017 yilda ikkinchi marta saylovda ishtirok etib, Jozef Bokayga qarshi kurashda g‘alaba qozondi va Liberiyaning 25-prezidenti bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo