11:04 / 24.11.2023
247

Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi

Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi

Kadr: YouTube

Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda Olmaota politsiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Olmaotada o‘tkazilgan tezkor tadbirda shahardagi mehmonxonalarning birida intim xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelgan 11 nafar ayol aniqlangan. Ularning to‘rt nafari 1997, 2000 va 2003 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridir.

Huquqbuzarlar Atirau tumani ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Mehmonxonada qo‘lga olingan ayollarning olti nafariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mehmonxona egasi esa javobgarlikka tortilgan.

Sentyabr o‘rtalarida Qozog‘istonning Atirau viloyatida 1998 yilda tug‘ilgan singlisini fohishalikka jalb qilgan O‘zbekiston fuqarosi aniqlangan edi. Bir necha kun oldin esa Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyatida gumon qilinayotgan ayol Maskatdan Toshkentga olib kelingandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo