Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi.
U o‘z qarorini Kremlda Rossiya harbiylarini taqdirlash marosimidan keyin, Ukrainadagi urush qatnashchisi, o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR «parlamenti» spikeri Artyom Joga bilan bo‘lgan suhbatda e’lon qildi.
Rossiyada prezident saylovi 2024 yil 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Vladimir Putin bundan oldin 4 marta prezidentlik saylovida nomzodini qo‘ygan va barchasida g‘alaba qozongan. U 2000 yildan beri Rossiyaga rahbarlik qilmoqda.
Uning amaldagi prezidentlik vakolati 2024 yil 7 may kuni nihoyasiga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar