Foto: AP Photo
Rossiya qo‘shinlari Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi davomida ozod qilingan ikki qishloqni qayta egallab oldi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Staromayorskoye va Urojaynoye qishloqlari Donetsk viloyatining g‘arbida Zaporoje viloyati bilan chegara yaqinida joylashgan. Ukraina qurolli kuchlari ularni yozda shiddatli janglar paytida qarshi hujum doirasida ozod qilgan. Bild harbiy eksperti Yulian Ryopkening so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi endi ularni qayta egallab olgan.
"Ukraina dron tasvirlari Rossiyaning 2023 yil iyul oyi oxiri va avgust oyi o‘rtalarida Ukraina qarshi hujumi davomida ozod qilingan Staromayorskoye va Urojaynoye shaharlari qaytarib olingani haqidagi da’volarini tasdiqlaydi. Kadrlarda rus qo‘shinlari markaziy ko‘chalar bo‘ylab harakatlanayotgani va shimoldan o‘q uzayotgani aks etgan", — deb yozadi Ryopke.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring