Xitoyda xavfli pnevmoniya: olimlar kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqladi

Dunyo1 daqiqa o'qish303
Xitoyda xavfli pnevmoniya: olimlar kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqladi

Foto: Global Look Press

Xitoylik olimlar aholi, ayniqsa, bolalar orasida keng tarqalayotgan xavfli pnevmoniyaning taxminiy sababini topdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kasallik superbakteriyalar tomonidan qo‘zg‘atilgan, deb yozadi DailyMail.

Taxminan uch hafta oldin, noyabr oxirida, Xitoyning shimoliy hududlarida noma’lum pnevmoniyaning ommaviy epidemiyasi kuzatilgandi. Bolalar orasida mikoplazma pnevmoniyasi bilan kasallanganlar sonini kamaytirish uchun maktablar yopildi.

Olimlarning uzoq muddatli izlanishlari natijasida ommaviy infeksiyaga antibiotiklarning aksariyat turlariga chidamli superbakteriyalar sabab bo‘lgan, degan xulosaga kelindi.

“Tibbiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bu bakteriya keltirib chiqaradigan infeksiyalarning 90 foizi hozirda Xitoyda oddiy antibiotiklarga chidamli. Antibiotiklar bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llanganda, ayrim bakteriyalar mutatsiyaga uchrashi yoki dorilarga chidamli genlarni olishi mumkin”, — deb yozadi nashr.

Mikoplazma pnevmoniyasi odatda azitromitsin antibiotiklari bilan davolanadi. Ammo preparatni haddan tashqari ko‘p qabul qilish bakterial populyatsiyada qarshilikni keltirib chiqardi va davolash samarasiz kechadi.

Xitoyda epidemiyaga “oq o‘pka” deb nom berishdi, chunki pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarning o‘pkasi rentgenogrammalarida oq dog‘lar ko‘rinadi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu o‘pka to‘qimalarining zich joylashgan nuqtalari hisoblanadi, bu nuqtalar organizmning mikoplazma pnevmoniyasi kabi kasalliklarga qarshi kurashi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?