Xitoyda dunyodagi eng katta muz va qor shaharchasi qurilmoqda

Dunyo1 daqiqa o'qish13
Xitoyda dunyodagi eng katta muz va qor shaharchasi qurilmoqda

Xitoyning Xarbin shahrida 28-Xalqaro muz va qor olami barpo etilmoqda. 2026–2027 yilgi mavsumda ochilishi rejalashtirilgan mazkur majmua maydoni rekord darajaga — 1 million 250 ming kvadrat metrga yetadi. Bu haqda Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasi Madaniyat va turizm departamenti ma’lum qildi.

Ulkan muz shaharchasini qurish uchun jami 400 ming kub metr muz va qordan foydalanish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich majmuaning avvalgi mavsumlariga nisbatan yangi rekord hisoblanadi.

Bu yilgi asosiy yangiliklardan biri Disney bilan hamkorlikda yaratiladigan «Muz yurak» (Frozen) multfilmi mavzusidagi hudud bo‘ladi. Unda mashhur qahramonlar — Elza, Anna va Olafning muzdan yasalgan haykallari namoyish etiladi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun maxsus do‘konlar ham tashkil etiladi.

Ishchilar katta muz bloklarini brezent va somon bilan yopmoqda.

Ma’lum qilinishicha, muz shaharchasini barpo etish ishlari boshlanish arafasida. 24 noyabr kuni majmua uchun oldindan tayyorlab qo‘yilgan muz zaxiralari ham ishlatishga topshirilgan.

28-Xarbin muz va qor olamining ochilishi 2026 yil dekabr oyi o‘rtalariga rejalashtirilgan. Aniq ochilish sanasi hozircha e’lon qilinmagan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?