Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi ishchi guruh Pekin shahriga tashrifi davomida Xitoy madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Vang Xudong bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida 2024 yilda belgilangan maqsadli ko‘rsatgichlarga erishish hamda O‘zbekiston prezidenti tomonidan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan UNWTO Bosh assambleyasida ilgari surilgan muhim tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida tomonlar «Ipak yo‘li» bo‘ylab turizm koridorini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar