15:43 / 20.12.2023
221

Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish haqidagi qonunni qabul qildi

Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish haqidagi qonunni qabul qildi

Qirg‘iziston parlamenti mamlakat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamalarsiz ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda AKI Press xabar bermoqda.

Birinchi rasmda: Qirg‘izistonning amaldagi bayrog‘i, to‘rtinchi rasmda: parlamentga kiritilgan bayroq varianti
Foto: AKI Press

Qirg‘iziston bayrog‘idagi nurlar shaklini to‘lqinsimon shakldan aynan quyosh nurlariga o‘xshash shaklga o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Qonun loyihasi tashabbuskorlari – parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov hisoblanadi.

Bugungi kunda Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘idagi o‘rtada tunduk bilan quyosh nurlarini turli talqinlarda, masalan, kungaboqar guli yoki o‘txonaning pardasi kabi vizual idrok etishda dilemma mavjud. Bayroq tasviri ma’nosining noaniq talqinini bartaraf etish choralarini ko‘rish zarur”, — deya ta’kidlagan qonun loyihasi mualliflari.

Qonun loyihasini qabul qilish uchun 59 deputat ovoz bergan, 5 nafari qarshi chiqqan.

Qirg‘iziston bayrog‘ini o‘zgartirishni prezident Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ham qo‘llab-quvvatlagandi.

Japarov bayroqning o‘ziga xos variantini taklif qilib, “Agar Xudo xohlasa, bu variant o‘tsa, bundan buyon qaram bo‘lmaymiz”, dedi. U bayroq o‘zgartirilgandan so‘ng, Qirg‘iziston “quyosh nurlari kabi rivojlangan va mustaqil davlat” bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Bayroqni o‘zgartirish jamoatchilikning tanqidi va noroziligiga sabab bo‘ldi. Ammo shunga qaramay, 28 noyabr kuni Jogorku Keneshning tegishli qo‘mitasi bir ovozdan bayroqni o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatladi. Bir kundan keyin qonun loyihasi parlament va Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo