date
views 507

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 4-sinf qizlarini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 4-sinf qizlarini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Illustrativ foto: Freepik

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ikki nafar 4-sinf o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Qo‘lga olingan shaxs 18 dekabr kuni ertalab Pushkinskaya ko‘chasida maktabga ketayotgan qizlarga shahvoniy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

O‘zbekiston fuqarosi izolatorga joylashtirilgan. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.

Sankt-Peterburg bo‘yicha Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasining tergov organlari ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ayblanuvchiga nisbatan ayblov e’lon qilingan va tergov talabiga binoan u sud tomonidan hibsga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 4-sinf qizlarini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda