date
views 877

Rossiyada 7 yanvardan migrantlarga oid yangi buyruq kuchga kiradi

Rossiyada 7 yanvardan migrantlarga oid yangi buyruq kuchga kiradi
Foto: “rusonline.org”
Rossiyadagi mehnat migrantlari ishga joylashgani to‘g‘risida Rossiya Ichki ishlar vazirligini oldindan xabardor qilishi kerak bo‘ladi. Bu haqda huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilingan buyruqda ma’lum qilindi.
 
Migrantlar tegishli hujjatni rus tilida qo‘lda yoki kompyuterda to‘ldirish kerak. Keyinroq u Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organiga topshiriladi. Hujjatga mehnat shartnomasining nusxasini yoki kelishuv ilova qilinishi kerak. Agar kelishuv og‘zaki tuzilgan bo‘lsa, ishni bajarish uchun fuqarolik shartnomasi haqida ma’lumot berish mumkin.
 
Shundan so‘ng hujjat bosma shaklda IIVning hududiy boshqarmasiga shaxsan kelib yoki pochta orqali yoxud davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda topshiriladi. Buyruq 2024 yil 7 yanvardan kuchga kiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 7 yanvardan migrantlarga oid yangi buyruq kuchga kiradi