Foto: Afp Via getty
16 yanvar kuni Bruney shahzodasi va uning turmush o‘rtog‘i Anisha Rosnaning 10 kun davom etgan hashamatli to‘yi yakunlandi.
14 yanvar kuni Istana Nurul Imon saroyida nikoh marosimi bo‘ldi. Kuyov ofitserlar kiyimida, kelin esa uzun yengli to‘y libosida ko‘rinish berdi. Sochlarini yopadigan bosh kiyim ustidan Anisha shahzoda Matinning singlisi malika Azema taqqan olmos ko‘zli tiarani taqdi.
Foto: Afp Via getty
Foto: Afp Via getty
To‘yga taklif qilingan 5000 nafar mehmon orasida Saudiya Arabistoni va Iordaniya qirollik oilasi a’zolari, shuningdek, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo va Filippin yetakchisi kichik Ferdinand Markos ham bor edi. Marosim mahalliy televideniye orqali namoyish etildi. Marosimdan so‘ng, juftlik er-xotin sifatida birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi. Ular poytaxt Bandar Seri Begavanning minglab aholisiga usti ochiq Rolls Royce'da salom yo‘lladi.
Foto: Afp Via getty
Foto: Afp Via getty
Ma’lumot uchun, shu kungacha Bruney sultonining to‘rtinchi o‘g‘li Osiyodagi eng taniqli bo‘ydoq edi. Matinning taxtga o‘tirishi dargumon bo‘lsa-da, u qirollik oilasining zamonaviy yuzi sifatida norasmiy rolni o‘z zimmasiga olgan.
Foto: Afp Via getty
Shahzodaning rafiqasi Anisha Rosna sultonning maxsus maslahatchilaridan birining nabirasi hisoblanadi. Ilgari ularning tanishish tafsilotlari oshkor etilmagan edi, lekin Abdul Matin tomonidan tarmoqlarga joylangan fotosurati barchasiga oydinlik kiritdi. Juftlik bir-birini bolalikdan bilgan.
Foto: Instagram
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring