12:17 / 27.01.2024
133

AQSH Davlat departamenti Turkiyaga F-16 qiruvchilarini sotishni ma’qulladi

AQSH Davlat departamenti Turkiyaga F-16 qiruvchilarini sotishni ma’qulladi
Foto: APA
AQSH Davlat departamenti Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlari, modernizatsiya to‘plamlari va boshqa tizimlarni umumiy qiymati 23 milliard dollarga sotishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Pentagon xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi.

Turkiya AQSHdan 40 ta yangi F-16 samolyoti, 79 ta mavjud qiruvchi samolyot, ehtiyot qismlar, navigatsiya tizimlari, yer terminallari va boshqa qo‘shimcha jihozlarni so‘ragan. Davlat departamenti, shuningdek, Gretsiyaga 40 ta F-35 qiruvchi samolyoti va tegishli jihozlarni 8,6 milliard dollarga sotishni ma’qulladi.

AQSH ma’muriyati allaqachon Kongressni bu qaror haqida xabardor qilgan. Qonun chiqaruvchi organning ixtiyorida potensial bitimni ko‘rib chiqish va uni ehtimoliy bloklash uchun 30 kun vaqt bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo