Foto: AFP
Isroil, AQSH, Misr va Qatar vakillari G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi kelishuvga erishdi. NBC manbasiga ko‘ra, kelishuv loyihasi HAMAS vakillariga taqdim etiladi.
Parijda erishilgan kelishuvlar HAMAS tomonidan garovga olinganlarni bosqichma-bosqich ozod qilish, jangovar harakatlarni to‘xtatish, shuningdek, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazishni nazarda tutadi. Buning evaziga Isroilda saqlanayotgan falastinlik mahbuslar ozod etilishi kutilmoqda.
Bundan oldin AP agentligi ismini oshkor etmagan yuqori martabali amaldorlarga tayanib, AQSH vakillari Isroil va HAMAS guruhi o‘rtasidagi muzokaralarda G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv muzokaralarida muvaffaqiyatga erishganini yozgan edi.
«Taklif etilayotgan kelishuv urushni tugatmasa-da, AQSH rasmiylari bunday kelishuv mojaroni hal qilish uchun zamin yaratishiga umid qilmoqda», deyiladi matnda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi