Kolumbiyadagi junglida 5 tonna kokain topildi

Kolumbiya polisiyasi jungli hududida, mamlakat poytaxti Bogota shahridan taxminan 300 kilometr masofada giyohvand moddalar tayyorlanadigan maxfiy labaratoriyani aniqladi.
Amaliyot davomida hududdan 5 tonna miqdoridagi kokain moddasi topilgan.
BMT hisobotiga ko‘ra, Kolumbiyada o‘tgan yili kokain tayyorlash hajmi 40 foizga ortgan.
Biroz avvalroq, Kolumbiya hukumati giyohvand moddalar tayyorlanishiga qarshi umummilliy miqyosdagi amaliyotlar o‘tkazilishi boshlangani haqida e’lon qilgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing