Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alam Xemson o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Kanada bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik fuqarolarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan.
“Ikki davlatning xususiy rekruting kompaniyalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish, fuqarolarni Kanadaga yuborish va viza olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Kanadaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Lekler bilan Toshkent shahrida Kanada viza markazini ochish masalasini o‘rganishga kelishib olgandi. O‘sha yilning o‘zida O‘zbekistondan Kanadaga mavsumiy ishchilarni yuborish yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi